"Arsenal" va "Chelsi" "Marsel"ning 18 yoshli iqtidorini kuzatmoqda
25 NOYABR, 2025, 16:54
"Marsel"ning iqtidorli hujumchisi Robinio Vas faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, "Chelsi" va "Arsenal" 18 yoshli frantsuzning o'yinlarini kuzatish uchun o'z skautlarini bir necha bor yuborgan.
Vasning taxminiy transferi 18-25 million funtga baholanmoqda. U joriy mavsumda jami 14 ta o'yinda 4 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi.
