logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Antoni "Betis" muxlislaridan uzr so'radi

 25 NOYABR, 2025, 16:42

"Betis" hujumkor yarim himoyachisi Antoni Ispaniya La Ligasining 13-turidan o'rin olgan "Jirona"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgani uchun muxlislardan uzr so'radi.

"Qizil kartochka olganimdan afsusdaman. Men shunchaki jamoamning g'alaba qozonishiga yordam bermoqchi edim. Mutlaqo bexosdan qilingan qadam... meni har doim qo'llab-quvvatlab kelgan barcha muxlislardan uzr so'rayman," - deb yozdi Antoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Braziliyalik futbolchi o'yin oxirida chetlatildi. Antoni 89-daqiqada akrobatik usulda zarba bermoqchi bo'ldi, biroq oyog'i bilan Xoel Rokening yuziga tepib yubordi. Bosh hakam Yosu Galek Apestegiya VAR yordami bilan vingerni maydondan chetlatdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ