logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kurtua navbatdagi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

 25 NOYABR, 2025, 15:12

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidan o'rin olgan Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Cope xabar bermoqda.

Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, belgiyalik darvozabon "qirollik klubi"ning so'nggi mashg'ulotida ishtirok etmagan. Yulduz futbolchiga gastroenterit tashxisi qo'yildi. Kurtua betobligi tufayli ertangi uchrashuvda maydonga tushmasligi mumkin.

"Olimpiakos" va "Real" o'rtasidagi o'yin 26 noyabr kuni Gretsiyada bo'lib o'tadi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4 turidan so'ng Xabi Alonso shogirdlari 9 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ