logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" Niko Pas bo'yicha qaror qabul qildi

 25 NOYABR, 2025, 14:54

Madridning "Real" klubi o'z tarbiyalanuvchisi Niko Pas bo'yicha yakuniy qarorga keldi. Hozirda futbolchi "Komo" sharafini himoya qilmoqda. Ammo "qaymoqranglilar" ispaniyalikni o'z tarkibiga qaytarishni juda xohlamoqda.

Taniqli insayder Romanoning ta'kidlashicha, Pas 2026 yilning yozida "Real"ga qaytadi. U madridliklarning yaqin kelajakdagi asosiy maqsadiga aylandi.

"Real" Nikoni kelasi qishda ham o'z safiga qo'shib olishga qarshi emas. Ammo "Komo" bilan kelishish qiyin bo'ladi. Italiyaliklar Pasni kamida mavsum oxirigacha saqlab qolmoqchi.

Nikoning o'zi allaqachon "Real"ga o'tishga printsipial rozilik bergan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ