logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real»ning qaysi yulduzlari Alonsodan norozi ekanligi ma'lum bo'ldi

 25 NOYABR, 2025, 12:18

"Real"ning bir qator yulduz futbolchilari jamoa ustozi Xabi Alonsodan norozi, bu haqda Cadena Ser jurnalistlariga ma'lum bo'ldi.

Manbaning ma'lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis bilan hujumchi Vinisius Junior, yarim himoyachi Jud Bellingem va himoyachi Federiko Valverde til topisha olmayapti.

Avvalroq matbuotda braziliyalik hujumchi jamoani Alonso boshqarayotgan vaqtda "qaymoqranglilar" bilan yangi shartnoma imzolamasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

44 yoshli mutaxassis o'tgan yozda "Real"ni qabul qilib olgan edi. Alonso va "qirollik klubi" o'rtasidagi shartnoma 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ