logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karrager: "Saloh etakchilik qobiliyatini ko'rsatishi kerak"

 25 NOYABR, 2025, 12:12

"Liverpul"ning sobiq himoyachisi, hozirda Britaniya televideniesi eksperti Jeymi Karrager APL 12-turidan o'rin olgan "Nottingem Forest"ga qarshi muvaffaqiyatsiz o'yindan keyin "qizillar"ning misrlik forvardi Muhammad Salohning o'yiniga baho berdi.

Mersisaydliklar o'z maydonida 0:3 hisobida yutqazdi.

"Eng muhimi - "Liverpul"ning muvaffaqiyati, futbolchilardan birining kelajagi emas. Saloh o'zining etakchilik qobiliyatini ko'rsatishi kerak, u allaqachon klub afsonasiga aylangan. U butun jamoa nomidan o'ynashi kerak. Bunday natijalar bilan bosh murabbiy iste'foga chiqish xavfi ostida turibdi," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

APLning joriy mavsumida 33 yoshli hujumchi 12 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ