logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Everton" bosh murabbiyi "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda Pikford ko'rsatgan o'yindan hayratda qoldi

 25 NOYABR, 2025, 11:18

"Everton" bosh murabbiyi Devid Moyes APL 12-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda jamoasi darvozaboni Jordan Pikfordni e'tirof etdi.

"Everton" safarda 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Yagona golni Kirnan Dyusberi-Xoll kiritdi.

"Manchester Yunayted" hozir yaxshi holatda, shuning uchun oson o'yin bo'lmagani aniq. Darvozabonimiz juda yuqori darajada o'ynadi. Yigitlar jasorat ko'rsatishdi," - dedi Moyes matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, "irislar" 13-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo'lib o'ynashdi.

Idrissa Geye o'z jamoadoshiga tarsaki tushirgani uchun maydondan chetlatildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ