MLS pley-off yarim final juftliklari ma'lum bo'ldi
25 NOYABR, 2025, 11:12
25 noyabrga o'tar kechasi MLS pley-offining so'nggi chorak final o'yini bo'lib o'tdi, unda "San-Diego" "Minnesota Yunayted"ni mag'lub etdi.
Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi, unda Anders Dreyer yagona gol muallifi bo'ldi.
Shunday qilib, MLS pley-offining yarim final juftliklari aniqlandi:
"Inter Mayami" - "Nyu-York Siti";
"San-Diego" - "Vankuver Uaytkeps".
O'yinlar 30 noyabr kuni, final esa 6 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
