Flik: "Bu erda yaxshi xotiralarim bor"
25 NOYABR, 2025, 11:06
Xans-Diter Flik "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida "Barselona"ning ayni vaqtdagi maqsadi EChLda top-8'likka kirish ekanligini aytdi.
"Bizning maqsadimiz eng yaxshi sakkiz jamoa qatoriga kirish, lekin bu oson emasligini bilamiz, o'tgan yil bizga shuni ko'rsatdiki, agar siz sakkizlik ichida bo'lmasangiz ham, Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishingiz mumkin.
Eng muhimi, biz eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatish va eng yuqori darajada o'ynashdir, chunki bu Chempionlar Ligasi.
"Chelsi" bilan o'ynash ajoyib, bu erda yaxshi xotiralarim bor va umid qilamanki, ertaga ulardan yana biri bo'ladi", - dedi Flik.
"Chelsi" - "Barselona" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.
