logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

CHirchiqda O'zbek jang sanati bo'yicha O'zbekiston Kubogi o'tkazildi + FOTO

 25 NOYABR, 2025, 08:48

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida milliy sport turimiz O'zbek jang sanati bo'yicha yoshlar, o'smirlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.

Yuqori saviyada o'tkazilgan mazkur musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan kelgan 800 nafarga yaqin sportchi O'zbek jang sanatining "Mergan chavandoz", "Mergan sportchi"," Temuriylar bellashuvi" yo'nalishlari bo'yicha g'oliblik uchun kuch sinashishdi. 


Murosasiz va shiddatli tarzda o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni Toshkent viloyati jamoasi qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni Sirdaryo viloyati jamoasi egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka Toshkent shahri va Jizzax viloyati sportchilari yakun yasashdi.


Barcha vazn toifalarida g'oliblik shohsupasiga ko'tarilgan atletlar medal va diplom bilan taqdirlanishdi. 


SHuningdek, musobaqa doirasida Latviya davlatida ham milliy sport turimiz O'zbek jang sanatini keng rivojlantirish maqsadida mazkur sport turi bo'yicha federaciya tashkil etilgani va ushbu federaciyaga latviyalik Andres Dremanis rais etib tayinlangni munosabati bilan unga O'zbek jang sanati federaciyasi raisi Po'lat Usmonov tomonidan guvohnoma va tashakkurnoma tantanali tarzda topshirildi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">






Ilhom RAHMONOV tayyorladi


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ