logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Komo" o'z tarixida ilk bor A Seriya doirasida safarda 5 ta gol urdi

 25 NOYABR, 2025, 08:12

Italiya chempionatining 12-turi joriy mavsumdagi eng sermahsul o'yin bo'ldi. Bir vaqtning o'zida ikkita o'yinda oltitadan gol urildi. "Kalyari" "Jenoa" bilan murosa yo'lini tanlagan bo'lsa, "Komo" "Torino"ni Turinda tiz cho'ktirdi - 5:1.

Ma'lum bo'lishicha, Sesk Fabregas jamoasi Italiya futbolining oliy ligasidagi faoliyati davomida safardagi eng sermahsul o'yinini o'tkazgan. Italiya futbolining eng yuqori divizionida ikkinchi mavsumini o'tkazayotgan "Komo" hali hech qachon mehmonda beshta gol urmagandi.

Natijada "Komo" Italiya chempionati turnir jadvalida 6-o'ringa ko'tarilib oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ