logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Turkiya chempionati. «Otishma»ga aylanib ketgan bahsda «Trabzonspor» bir kishi kam bo'lib qolgan «Bashakshehir»ga 100-daqiqada gol urib, g'alabani ilib ketdi

 25 NOYABR, 2025, 00:18

Turkiya chempionati 13-turidan o'rin olgan "Istanbul Bashakshehir" - "Trabzonspor" uchrashuvida 4:3 hisobida mehmonlar g'alaba qozondi.

10-daqiqadayoq mezbonlar himoyachisi Festi Ebosele qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 22-daqiqada Devi Zeke penaltidan gol urib, "Bashakshehir"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada Filipe Augusto muvozanatni tiklangan bo'lsa, 45-daqiqada hamyurtimiz Eldor Shomurodov mezbonlarning ikkinchi golini urdi.

76 va 77-daqiqalarda Pol Onuachu (penaltidan) hamda Ernest Muchi gollari evaziga mehmonlar hisobda oldinga o'tib olishdi.

Bergut Ozgyur 90+1-daqiqada "Bashakshehir"ning 3-golini kiritdi. O'yin durangga qarab yakunlanayotgan vaqtda Ernest Muchi (90+10)-daqiqada dahshatli zarbasi bilan darvozani ishg'ol qilib, "Trabzonspor"ga g'alaba keltirdi.

"Bashakshehir" 13 ochko bilan 13-o'rinda qoldi. "Trabzonspor" 28 ochko bilan 3-pog'onada.

Turkiya chempionati. 13-tur
24 noyabr, 22:00
Bashakshehir - Trabzonspor - 3:4
Gollar: 22 - 1:0, Devi Zelke (penaltidan), 37 - 1:1, Filipe Augusto (Eskixellan), 45 - 2:1, Eldor Shomurodov (Onur Bulut), 76 - 2:2, Pol Onuachu (penaltidan), 77 - 2:3, Ernest Muchi (Arseniy Batagov), 90+1 - 3:3, Bertyug Ozgyur (Nuno da Koshta), 90+10 - 3:4, Ernest Muchi (Arseniy Batagov)
Qizil kartochka: 10 - Festi Obesele ("Bashakshehir").

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ