logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabregas: "Qat'iyroq harakat qilish kerak"

 24 NOYABR, 2025, 22:36

"Komo" bosh murabbiyi Fransesk Fabregas "Torino"ga qarshi chempionat o'yini oldidan matbuot vakillari bilan muloqot qildi.

"Hamma [terma jamoalardan] yaxshi formada qaytdi, Diaodan tashqari. Posh jahon chempionatiga chiqdi, Voyvoda Kosovoga qarshi juda yaxshi o'ynadi va endi pley-off o'yinlarida ishtirok etadi. Hamma mamnun bo'lib qaytdi," - deya Fabregasning so'zlarini keltiradi Calcio Box.

"Keyingi o'yinlarda qanday o'zgarishlarni kutmoqdamiz? Hujumda yaxshiroq bo'lishga harakat qilyapmiz va jarima maydoni oldida yanada shijoatli bo'lishimiz, yanada qat'iyroq harakat qilishimiz kerak."

"Jamoa tanazzulga uchradimi? "Komo" ko'p jihatdan ustunlik qiladi. Ammo "Kalyari"ga qarshi o'yinda futbolchilarimizda gol urish uchun agressiya etishmadi. Bu bo'yicha ishlayapmiz, jarayon ketyapti".

"Komo" esa 18 ochko bilan sakkizinchi o'rinda bormoqda. "Torino" esa 14 ochko bilan 4 pog'ona pastda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ