logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiol: "Bu mening faoliyatimdagi eng yomon mavsum edi"

 24 NOYABR, 2025, 22:30

"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol jamoaning o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsiz o'yini haqida gapirdi.

"Bu faoliyatimdagi eng yomon mavsum bo'ldi. U og'ir edi. O'tgan mavsum davomida echimlar topishga va jamoaga yordam berishga harakat qilib, uxlay olmaganimni eslayman. Ba'zida hamma narsa ko'ngildagidek bo'lmaydi.

Hammasi ortda qolganidan va yaxshi tiklanganimizdan xursandman. Futbolda yaxshi narsa shuki, har uch kunda yangi o'yin bo'ladi, bu esa ikki kun oldin bo'lgan narsalarni unutishga majbur qiladi. Bu yangi mavsum va hozir kiyinish xonasidagi vaziyat ancha o'zgargan," - dedi Gvardiol matbuot anjumanida.

25 noyabr, seshanba kuni "Manchester Siti" Chempionlar ligasida "Bayer"ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ