logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola operator bilan yuzaga kelgan mojaro haqida to'xtaldi

 24 NOYABR, 2025, 19:00

"Nyukasl"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola operator bilan ziddiyatga bordi. Dushanba kungi matbuot anjumanida Gvardiola o'sha vaziyatga izoh berdi.

"Men buni ko'rganimda uyalaman va xijolat bo'laman. Bu menga yoqmaydi. Operatordan uzr so'rayman. Men qanday bo'lsam, shundayligimcha qolaman. Ba'zan xatolarga yo'l qo'yaman. Men jamoamni va klubimni himoya qilyapman," - dedi Gvardiola jurnalistlarga.

Ayni paytda Xosep Gvardiola "Manchester Siti"ni Chempionlar Ligasi doirasidagi "Bayer"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Jamoalar 25 noyabr, seshanba kuni maydonga tushadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 01:00 da yangraydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ