"MYu"ning ikki futbolchisi bugun jamoa qaydnomasiga qaytadi
24 NOYABR, 2025, 18:48
"Manchester Yunayted" bugun Angliya Premer-ligasi 12-turi so'nggi o'yinida "Everton"ni qabul qiladi.
MUFC News xabariga ko'ra, mazkur bahsda mankunianliklar qaydnomasiga himoyachi Lisandro Martines va yarim himoyachi Kobbi Maynu kiritiladi. Ular jarohatlaridan forig' bo'lishgan.
Bugungi o'yin Toshkent vaqti bilan 01:00'da start oladi.
