logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mareska: "Barselona"ga faoliyatimdagi eng oson golni urganman"

 24 NOYABR, 2025, 18:42

Seshanba oqshomida "Chelsi" Chempionlar ligasi umumiy bosqich 5-turi doirasida "Barselona"ni qabul qiladi. "Aristokratlar" bosh murabbiyi Entso Mareska 2006 yilda "Barselona"ga UEFA Superkubogida gol urganini esladi.

"Ha, bu muhim lahza edi. Bu mening hayotimdagi eng oson gol bo'lganini doim aytganman. Chunki 2:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edik, penalti esa o'yin oxirida belgilandi. O'shanda penalti tepish oson va yoqimli edi, hozir esa boshqacha. "Barselona" aql bovar qilmaydigan jamoa, ammo biz g'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz," - dedi Mareska matbuot anjumanida.

2006 yilda "Sevilya" UEFA Superkubogida "Barselona"ni 3:0 hisobida mag'lub etgandi. 89-daqiqada Entso Mareska penaltidan unumli foydalangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ