Mareska "Barselona"ga qarshi o'yindan oldin Palmerning holati haqida ma'lumot berdi
24 NOYABR, 2025, 17:36
"Chelsi" seshanba oqshomida Chempionlar ligasi 5-turida "Barselona"ni qabul qiladi.
"Aristokratlar" bosh murabbiyi Entso Mareska ertangi o'yin oldidan Koul Palmerning holati haqida gapirdi. Xavbek bir necha kun oldin uyidagi baxtsiz hodisada oyoq barmog'ini sindirib olgan edi.
"Paomerning qachon qaytishini aniq bilmaymiz, lekin albatta, tez orada bo'ladi. U allaqachon maydonga chiqib, to'p bilan mashq qilyapti va o'zini yaxshi his qilyapti", - dedi italiyalik mutaxassis.
