Qatar mezbonlik qiladigan rapid va blitc jahon chempionatida qatnashadigan shaxmatchilarimiz ro'yxati malum bo'ldi
24 NOYABR, 2025, 17:32
25–30 dekabr kunlari Qatarning Doha shahrida rapid va blic shaxmat bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi.Sovrin jamg'armasi 1 million evrodan ortiq mablag'ga ega bo'lgan musobaqada Gukesh, Magnus Karlsen, Yaan Nepomnyashhiy, Fabiano Karuana, Anish Giri, Uesli So, Levon Aronyan kabi dunyoning eng kuchli grossmeysterlari qatnashadi. Yangi avlod vakillari — Nodirbek Abdusattorov, Vincent Keymer, Arjun Erigaisi, Praggnanandhaa, Yagiz Kaan Erdogmus, Ediz Gurel ham chempionlik uchun kurash olib borishadi.
O'zbekistonning mazkur musobaqa uchun tarkibi bilan tanishing:
Erkaklar:
Nodirbek Abdusattorov
Javohir Sindarov
Nodirbek Yakubbaev
SHamsiddin Vohidov
Jahongir Vahidov
Muhiddin Madaminov
Muhammadzohid Suyarov
Ayollar:
Afruza Hamdamova
Umida Omonova
Gulruhbegim Tohirjonova
Nilufar Yakubbaeva
Madinabonu Xalilova
Guldona Karimova.
Manba: olamsport.com
