logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Javohir Sindarov: "Juda xursandman, lekin do'stim uchun baribir biroz xafaman"

 24 NOYABR, 2025, 15:48

O'zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Nomzodlar turniriga yo'llanma olganidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Siz nafaqat FIDE Jahon kubogi finaliga, balki Nomzodlar turniriga ham yo'llanma oldingiz. Hozir o'zingizni qanday his qilyapsiz?

"Juda xursandman, lekin do'stim uchun baribir biroz xafaman. Biz juda yaxshi kurashdik. Tay-brekdagi ikki rapid partiyada ham tayyorgarligim ancha yaxshi edi, shuning uchun yaxshi poziciyalar oldim, deb o'ylayman.

Klassik o'yinda u juda mustahkam, yaxshi tayyorlangan. Agar ispancha, italyancha yoki boshqa debyutni tanlasam, bu o'yinda yuta olamanmi yoki qiziqarli poziciya chiqadimi, aniq bilmasdim. SHuning uchun tezroq durang qilish va hammasini rapid hamda blicda hal qilish varianti menga maqulroq tuyuldi. CHunki bu vaqt nazoratlarida o'zimni biroz yaxshiroq his qilaman. Lekin baribir Nodirbek ham bu erda o'z darajasini ko'rsatdi, juda yaxshi o'ynadi. Men ozgina omadim kelganini ham his qilyapman. Nomzodlar turniriga yo'llanma olganimdan juda baxtiyorman — bu mening bu yilgi eng katta maqsadim edi. Endi keyingi turnirlarimda Nomzodlar uchun tayyorgarlikni boshlayman", deydi Sindarov.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ