logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karrager uzr so'radi

 24 NOYABR, 2025, 13:18

"Liverpul"ning taniqli sobiq himoyachisi Jeymi Karrager yakshanba kuni bo'lib o'tgan Premer-liga o'yinida (4:1) "Arsenal"ga "Tottenxem"ni mag'lub etishga yordam bergan va xet-trik qayd etgan Eberechi Ezeni e'tirof etdi.

27 yoshli futbolchi 12-turdan o'rin olgan "shporlar"ga qarshi o'yinning 41, 46 va 76-daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qildi.

"Eze "Arsenal"ga o'tganida, u bir o'zi o'yinni o'zgartira olmasligi mumkin, deb o'ylagandim. Uzr so'rayman. Tan olish kerak, men bu transfer ahamiyatini etarlicha baholamadim. Aftidan, Eze haqiqatan ham jiddiy ta'sir ko'rsatishga qodir - u jamoaga titul olib kelishi mumkin," - deydi derbi haqida gapirgan Sky Sports eksperti Karrager.

"Arsenal" joriy yilning avgust oyida Eberechi Ezeni "Kristal Pelas"dan qariyb 70 mln evroga sotib olgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ