logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Trent "Real" antirekordini o'rnatdi

 24 NOYABR, 2025, 12:54

Madridning "Real" klubi yakshanba kuni La Liga 13-turida "Elche"ga qarshi bahs olib bordi. O'ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold bellashuvning boshidan oxirigacha o'ynadi, ammo "qaymoqranglilar"ga g'alaba qozonishda yordam bera olmadi (2:2). Opta xabariga ko'ra, ingliz o'yin davomida 25 marta to'pni yo'qotdi - bu "Real"ning joriy mavsumdagi antirekordi va aprel oyidan beri eng yuqori ko'rsatkich (o'shanda Vinisius Junior Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi o'yinda 33 marta to'pni yo'qotgandi).

Trent Aleksandr-Arnold "qirollik klubi" safiga shu yil yoz boshida "Liverpul"dan ko'chib o'tgandi. 27 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda Xabi Alonso jamoasi safida 13 ta uchrashuvda ikkita assistni amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ