logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kalafori "Tottenxem" ustidan qozonilgan yirik g'alaba haqida fikrlarini bildirdi

 24 NOYABR, 2025, 12:18

"Arsenal" himoyachisi Rikardo Kalafori jamoasining "Tottenxem" ustidan qozonilgan yirik g'alabasi (4:1) haqida fikr bildirdi.

Italiyalik futbolchi yakshanba kungi derbida 92 daqiqa harakat qilib, "kanonirlar"ning ishonchli g'alabasiga hissa qo'shdi.

"O'yin davomida qanday hissiyotlarni boshdan kechirganimni tasvirlay olmayman. Bu shunchaki aql bovar qilmaydigan holat. Qanday muhit, qanday jamoa, qanday o'yin! Ichimizda o'sha olov bilan davom etamiz," - deb yozdi Kalafori ijtimoiy tarmoqda.

Uchrashuv qahramoni "shporlar" darvozasiga xet-trik qayd etgan Eberechi Eze bo'ldi. Shuningdek, Leandro Trossard o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Mehmonlarning yagona goliga Risharlison mualliflik qildi.

"Arsenal" Premer-liga 12-turidan keyin 29 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va "Chelsi"ni (23) ortda qoldirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ