logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta: "Men Trossardni sotish mumkin emasligini bilardim"

 24 NOYABR, 2025, 09:00

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta "Tottenxem"ga (4:1) qarshi o'yindan keyin Leandro Trossard haqida gapirdi.

Yakshanba kungi derbining 36-daqiqasida aynan belgiyalik futbolchi hisobni ochdi. Shuningdek, 30 yoshli vinger xet-trik qayd etgan Eberechi Ezega assistentlik qildi.

- Trossardni sotish mumkin emasligini bilardim. Uning nimalarga qodirligini ko'rib turibman va u jamoaga muhim hissa qo'shishiga ishonchim komil edi.

Bu o'yin Leandro uchun "Arsenal"dagi eng yaxshi o'yinlardan biri. U to'p bilan va to'psiz shunchalik tajovuzkor, shunchalik samarali ediki, yana ikkita gol urishi mumkin edi," - dedi Arteta o'yindan keyingi jurnalistlar bilan suhbatda.

Trossardning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ