"Neftchi"ni chempion qilgan Vitaliy Levchenkoga qanday sovg'a berilgani ma'lum bo'ldi
24 NOYABR, 2025, 08:42
Farg'onaning "Neftchi" klubi Superliga yakuniga 1 tur qolgandi muddatidan avval chempionga aylandi.
Jurnalist Narzulla Saydullaev xabariga ko'ra, "yo'lbarslar" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoga viloyat hokimi tomonidan Farg'ona shahrida 3 xonali uy sovg'a qilingan.
Tojikistonlik mutaxassisning amaldagi shartnomasi yakunlanib bormoqda. Tomonlar katta ehtimol bilan yangi shartnoma imzolaydi.
