Pulishich: "Menyan - o'yinning eng yaxshi futbolchisi"
24 NOYABR, 2025, 07:42
Italiya chempionatining 12-turidan o'rin olgan markaziy bahsda Kristian Pulishichning goli "Milan"ga printsipial raqib "Inter" ustidan g'alaba keltirdi.
Biroq, Pulishichning o'zi o'yinning asosiy qahramoni sifatida darvozabon Mayk Menyanni ko'rsatmoqda, u 11 metrlik jarima zarbalarini ijro etishda shafqatsizligi bilan tanilgan turkiyalik yarim himoyachi Xoqon Chalxono'g'lining penaltisini qaytardi.
"Mayk - o'yinning eng yaxshi futbolchisi, men etarlicha oddiy gol urdim, u esa ko'plab zarbalarni qaytardi", - deya Pulishichning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Massimiliano Allegri jamoasi "Inter" ustidan qozonilgan g'alaba evaziga A Seriya turnir jadvalida 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
