logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Frank "Tottenxem"ning hujumdagi muammolari haqida gapirdi

 24 NOYABR, 2025, 07:12

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank "Arsenal"ga qarshi o'yinda (1:4) jamoaning hujumdagi muvaffaqiyatsiz o'yini haqidagi savolga javob berdi.

Butun o'yin davomida "shporlar" atigi uchta zarba yo'lladi.

"Bu mavzu har doim dolzarb, biz muammoni tuzatish ustida ishlayapmiz. Bugungi o'yinda ham, "Chelsi" bilan o'yinda bo'lgani kabi, hammasi juda yomon edi. Ishlashda davom etish kerak.
Men o'z lavozimimni egallab turganimga to'rt oy bo'ldi va bugun "Arsenal" o'z rivojlanishida qanchalik oldinga siljigani sezildi. Ammo biz raqobatbardosh ekanligimizni bilaman va buni "Manchester Siti" va "PSJ" bilan o'yinlarda isbotlaganmiz", - dedi Frank Sky Sports’ga bergan intervyusida.

"Tottenxem" APL 12-turidan keyin 18 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ