logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gasperini "Kremoneze" bilan o'yinda bir daqiqada ikki bor sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi

 23 NOYABR, 2025, 22:24

"Roma" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini A Seriyaning navbatdagi turida "Napoli"ga qarshi o'yinda zaxiradan turib, jamoani boshqara olmaydi.

Bugun "Kremoneze"ga qarshi kechgan va rimliklarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan bahsda murabbiy bir daqiqa ichida ikkita sariq kartochka oldi. Bunga ikkinchi bo'limda hakamlar brigadasiga nisbatan ehtirosli noroziliklar sabab bo'ldi.

Hakam 63-daqiqada Gasperinini maydondan chetlatdi. Bu intizomiy jazo murabbiyning avtomatik ravishda Italiya chempionatining keyingi turini o'tkazib yuborishga sabab bo'ladi. Shu tariqa, "Roma" "Napoli"ga qarshi muhim o'yinda bosh murabbiysiz harakat qilishga majbur bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ