Joan Laporta Flikning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi
23 NOYABR, 2025, 21:42
"Barselona" prezidenti Joan Laportaga jamoa ustozi Xans-Diter Flikning amalga oshirayotgan ishlari juda ma'qul kelmoqda.
Marca nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" prezidenti Flik bilan 2027 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirish bo'yicha ishlarni boshlab yuborgan.
O'tgan mavsumda kataloniyaliklar 60 yoshli murabbiy boshchiligida La Liga, Ispaniya kubogi va Ispaniya Superkubogida g'olib bo'ldi.
