logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Florentino Peres yana «Barsa»ga «tosh otdi»

 23 NOYABR, 2025, 16:30

Dekabr oyidagi "Vilyarreal" va "Barselona" o'zaro uchrashuvini Mayamida o'tkazmoqchi edi, ammo norozilik namoyishlari fonida g'oyadan voz kechildi. Bu borada "Real" prezidenti Florentino Peres izoh berdi.

"La Liga prezidenti o'yinni Ispaniyadan tashqarida o'tkazishni targ'ib qilishi normal holat emas. Buni hatto "Barselona" sardori Frenki de Yong ham qo'llab-quvvatlamadi. La Liganing "Barselona" va "Vilyarreal"ga Mayamidagi o'yin uchun mablag' ajratishni qo'llab-quvvatlashi ham normal holat emas. Shu bilan birga, janob Tebas buni NFL o'yini bilan taqqoslaganini eshitdik. Bu bema'ni taqqoslash, chunki u erda hamma narsa liganing barcha klublari ko'magida sodir bo'lgan. Mayamidagi o'yinda esa unday emas. Hatto UEFA ham buni qo'llab-quvvatlamadi," - deya Peresning so'zlarini keltiradi Marca.

"Real" yakshanba kuni Ispaniya chempionatida "Elche" mehmoni bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ