«Real» «PSJ»ning «yuragi»ni tortib olmoqchi
23 NOYABR, 2025, 16:18
Portugaliya terma jamoasi va Frantsiyaning "PSJ" klubi yarim himoyachisi Vitinya faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, himoyachining transferiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. "Qirollik klubi" bosslari futbolchi uchun taxminan 150 million evro taklif qilishga tayyor. "Qaymoqranglilar" Vitinya orqali jamoa yarim himoyasini jiddiy kuchayishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik "Oltin to'p-2025" reytingida uchinchi bo'ldi.
Vitinyaning "PSJ" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi. Uning bozor narxi 90 mln evroni tashkil etadi.
