logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik "Barsa" uchun muhim o'yinchiga aylanib borayotgan Ferminning o'yiniga baho berdi

 23 NOYABR, 2025, 13:06

"Barselona" ustozi Xans-Diter Flik Bilbaoning "Atletik" klubi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:0) hujumkor yarim himoyachi Fermin Lopesning o'yiniga baho berdi.

22 yoshli ispaniyalik futbolchi o'yinning 48-daqiqasida gol urib, tablodagi hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi.

"Fermin juda harakatchan, bu bizga katta foyda keltiradi. U har qanday vaziyatda to'pni saqlab qolishga qodir, jamoa uchun doimo bo'sh joy yaratadi. Buni kuzatish juda yoqimli. U doim gollar va samarali uzatmalarni amalga oshiradi," - deya Flikning so'zlarini keltiradi Barca Universal.

Fermin Lopes "ko'k-anorranglilar" safida joriy mavsum 12 ta bahsda 7 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ