logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" ustozi jamoaning joriy mavsumdagi maqsadini aytdi

 23 NOYABR, 2025, 12:42

Italiya chempionatining 12-turida Turinning "Yuventus" jamoasi "Fiorentina"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang o'ynadi. Bu natija haqida "keksa sinora" ustozi Luchano Spalletti o'z fikrlarini bildirdi.

"Tanaffusga qadar jamoa ortiqcha xatolarga yo'l qo'ydi. Biz saviyamizni oshirishimiz va hujumda yaxshiroq o'ynashimiz kerak. "Yuventus"ning mavsumdagi asosiy maqsadi - Skudetto uchun kurashish," - deya bosh murabbiyning so'zlarini keltiradi insayder Janluka di Martsio.

Turinliklar 12 o'yindan so'ng 20 ochko jamg'arib, A Seriya turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda. Spalletti shogirdlari peshqadam "Napoli"dan 5 ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ