logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arman Carukyan Iliya Topuriyani oktagonga chorladi

 23 NOYABR, 2025, 11:32

Engil vazn UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Carukyan UFC Fight Night 265 turnirida Den Xukerni mag'lubiyatga uchratganidan so'ng, o'z vazn toifasi chempioni Iliya Topuriyaga "vyzov" tashladi.

"Denga rahmat, uning sharofati bilan bu yil jang o'tkazdim. Menga qarshi oktagonga chiqishga rozilik bergan yagona jangchi", - dedi Carukyan jangdan keyingi intervyuda. - Iliya, agar shu erda bo'lsang, oktagonga chiq! Birinchi raqamli davogar faqat bitta - Arman Carukyan. Men chempionlik uchun kurashishim kerakligini hamma biladi. Men tayyorman. Yanvarning oxirida. SHartnoma jo'nating!".

Eslatib o'tamiz, Carukyan reytingning oltinchi pog'onasida borayotgan Xukerni ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan muddatidan avval mag'lub etgandi.

Besh oycha oldin engil vazn toifasida UFC chempionligini qo'lga kiritgan Iliya Topuriya hozirda uning birinchi himoyasini o'tkazishga tayyorlanmoqda. Taxminlarga ko'ra, bu yanvar oyida Paramount telekompaniyasi bilan etti milliard dollarlik shartnoma doirasida efirga uzatiladigan UFC’ning birinchi raqamli turnirida sodir bo'ladi.

Norasmiy malumotlarga ko'ra, Topuriyaning bo'lajak jangdagi eng ehtimoliy raqibi angliyalik Peddi Pimblett (reytingda 5-o'rin) bo'lib, u ommaviy axborot vositalari uchun tanlangan. Boisi, UFC darhol yangi platformaga maksimal tomoshabinlarni jalb qilmoqchi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ