logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Valverde: "Yamal Messidan yaxshiroq bo'ladimi yoki yo'q, buni faqat vaqt ko'rsatadi"

 23 NOYABR, 2025, 09:00

"Atletik" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Barselona" vingeri Lamin Yamalni Lionel Messidan yaxshiroq deb hisoblaysizmi, degan savolga javob berdi.

- Bilmadim. Buni faqat vaqt ko'rsatadi. Laminning darajasi juda baland. Messi ko'p yillar davomida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan, har bir o'yinda buni doim isbotlab kelgan. Lamin endigina o'z yo'lini boshlayapti. U hali juda yosh va uning katta kelajagi bor," - deya Valverdening so'zlarini keltiradi Barca Universal.

Messi "Barselona"ning afsonasi va tarbiyalanuvchisi. U 2000 yildan 2021 yilgacha klub tizimida bo'lgan. Yamal ham "La Masiya"dan chiqqan. Joriy mavsumda 18 yoshli vinger barcha turnirlarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ