"Gap pulda emas": Upamekano "Bavariya"dagi kelajagi haqida gapirdi
23 NOYABR, 2025, 08:48
Markaziy himoyachi Dayo Upamekano "Bavariya" bilan shartnomasi yakunlanayotgani haqidagi navbatdagi savolga javob berdi.
Agar u myunxenliklar bilan mehnat shartnomasini uzaytirmasa, frantsuz kelasi yozdayoq erkin agentga aylanadi.
- Gap pulda emas. Maks Eberl va Kristof Froynd bilan doimiy aloqadaman. "Bavariya"da baxtiyorman, mavsumni yaxshi o'tkazyapman, o'z ishimni bajaryapman va jamoa manfaati uchun hamma narsani qilyapman. Kelajakda nima bo'lishini ko'ramiz," - deya Upamekanoning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
27 yoshli futbolchiga "Real", "Liverpul" va Evropaning boshqa grand klublari qiziqish bildirmoqda.
