Allegri: "Chempionat favoritlari - "Napoli" va "Inter"
23 NOYABR, 2025, 08:30
Italiyaning "Milan" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri chempionlik uchun kurashda favoritlarni aytdi.
"Skudetto uchun kurashda "Inter" va "Napoli" favorit. Ular tajribali, jismonan yaxshi tayyorlangan o'yinchilarga ega. Ammo derbi - bu har doim alohida o'yin," - deya Allegrining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, "Milan" A Seriyaning 12-turida "Inter"ga qarshi bahs olib boradi. Milan derbisi yakshanba oqshomida bo'lib o'tadi.
