logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik "Barselona"ning "Kamp Nou"dagi g'alabasidan keyin amalga oshgan orzusi haqida gapirdi

 23 NOYABR, 2025, 08:24

"Barselona" La Liga doirasida "Atletik" Bilbaoni yirik hisobda mag'lub etib (4:0), "Kamp Nou"ga qaytdi.

O'yin yakunlangach, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi ko'p yillar oldin "Barsa"ni "Kamp Nou"da boshqarishini tasavvur qilganini tan oldi.

"Juda-juda uzoq vaqt oldin, meni uchinchi divizion jamoasidan endigina ishdan bo'shatishganida, men o'zimga bir kun kelib bu erda, "Kamp Nou"da, "Barselona" murabbiyi maqomida o'tirishimni aytgandim. Men uchun bu haqiqatga aylangan orzu. Bu mashaqqatli mehnat orqali hamma narsaga erishish mumkinligini isbotlaydi," - deya Flikning so'zlarini keltiradi Barca Universal.

Germaniyalik mutaxassis 2024 yilning yozida Kataloniya grandi murabbiyi lavozimini egallagandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ