logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Siti» APLning 12-turida «Nyukasl»ga mag'lub bo'ldi (videosharh)

 23 NOYABR, 2025, 08:00

Angliya Premer-ligasining 12-turida «Nyukasl Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari to'qnash kelishdi. Mazkur bahsda «qarg'alar» 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

63-daqiqada Xarvi Barns mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 68-daqiqada Ruben Diash hisobni tenglashtirdi. 70-daqiqada esa Barns dubl qayd etdi.

Abduqodir Husanov kechagi bahsda zaxirada qoldi.

Ushbu g'alabadan keyin «Nyukasl Yunayted» 15 ochko bilan Angliya chempionatining yuqori divizioni turnir jadvalida 14-o'ringa ko'tarildi. «Manchester Siti» esa 22 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.

Keyingi turda «Nyuskal» 29 noyabr kuni mehmonda «Everton»ga qarshi maydonga tushadi. «Shaharliklar» esa shu kuni o'z maydonida «Lids Yunayted»ni qabul qiladi.

Angliya — Premer-liga. 12-tur
Nyukasl Yunayted — Manchester Siti — 2:1
Gollar: 1:0 — Barns, 63', 1:1 — Diash, 68', 2:1 — Barns, 70'

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ