logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga-1. «PSJ» «Gavr»ni yirik hisobda mag'lub etib, birinchi o'ringa ko'tarildi (videosharh)

 23 NOYABR, 2025, 08:00

Frantsiya Liga 1 musobaqasining 2025/2026 yilgi mavsumi 13-turidan o'rin olgan «PSJ» — «Gavr» uchrashuv Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning birinchi golini parijliklar yarim himoyachisi Li Kan In 29-daqiqada kiritdi. Ikkinchi bo'limning 65-daqiqasida Joau Nevesh hisobdagi farqni oshirdi. Bellashuvning 87-daqiqasida Bredli Barkola o'yinda yakuniy hisobni o'rnatdi — 3:0.

13 turdan so'ng «PSJ» 30 ochko bilan Frantsiya chempionati jadvalida birinchi o'ringa ko'tarildi. «Gavr» esa 14 ochko bilan 12-pog'onada joylashgan.

Keyingi turda «PSJ» 29 noyabr kuni «Monako»ga qarshi o'ynaydi, «Gavr» esa 30 noyabr kuni «Lill»ga qarshi maydonga tushadi.

Frantsiya — Liga 1. 13-tur
PSJ (Parij) — 3:0 — Gavr (Gavr)
Gollar: 1:0 — In, 29', 2:0 — Nevesh, 65', 3:0 — Barkola, 87'

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ