logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga-1. Pogba debyuti qilgan o'yinda «Monako» bir kishi kam bo'lib «Renn»ga yirik hisobda yutqazdi

 23 NOYABR, 2025, 07:54

Frantsiya Liga 1 musobaqasining 2025/2026 yilgi mavsumi 13-turidan o'rin olgan «Renn» — «Monako» uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda mezbonlar 4:1 hisobida yirik g'alaba qozondilar.

Uchrashuvning birinchi golini «Renn» yarim himoyachisi Abdulhamid Ait Budlal 20-daqiqada urdi. Ikkinchi bo'limning 48-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Mahdi Kamara hisobdagi farqni oshirdi.

66-daqiqada mehmonlar safidagi Denis Zakariya qizil kartochka oldi. «Renn»ning sobiq «Monako» hujumchisi Bril Embolo 73-daqiqada hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. 83-daqiqada Lyudovik Blas mezbonlarning to'rtinchi golini kiritdi.

85-daqiqada «Monako» yarim himoyachisi Pol Pogba maydonga tushirildi. 90+5-daqiqada mehmonlar hujumchisi Mika Bieret hisobni qisqartirgan bo'lsa-da, o'yin 4:1 hisobida «Renn» foydasiga yakunlandi.

13 ta o'yindan so'ng «Monako» 20 ochko bilan Frantsiya chempionati jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. «Renn» esa 21 ochko bilan 5-pog'onada joylashgan.

Frantsiya — Liga 1. 13-tur
Renn — Monako — 4:1
Gollar: 1:0 — Ait Budlal, 20', 2:0 — Kamara, 48', 3:0 — Embolo, 73', 4:0 — Blas, 83', 4:1 — Bieret, 90+5'
Chetlatishlar: Zakariya, 66' (Monako)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ