logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tahlil. Evrokuboklardagi muvaffaqiyat bahosi qancha?

 23 NOYABR, 2025, 00:00

KLUBLARNING EFFEKTLILIK DARAJASI.
Evropada qaysi klublar natija ortidan pul ishlashni yaxshi biladi? Tushunarliki, top-jamoa­lar oldiga qo'yiladigan asosiy talablardan biri - bu asosiy evrokubok sanalgan ChLda barqaror ravishda ishtirok etish va imkon boricha yaxshi natija ko'rsatish. Klublar ayni shu maqsadda o'z tarkibini kuchaytirish yo'lida transferlarga katta sarmoya ajratadi, ba'zan xarajat bobida chegaradan ham o'tib ketadi. Sport natijalari masalasi ustuvor sanalishi o'z-o'zidan tayin. Evrokuboklardagi g'alabalarga esa kiritilgan sarmoyani qoplash manbai sifatida qarash mumkin. Ha, aksariyat klublar daromad va xarajat o'rtasidagi balansni qat'iy nazoratda ushlashga majbur. Bunda evroarenalardagi nisbatan yaxshi natijalar ham juda-juda muhim. Xo'sh, klublar transferlar xarajati va evrokuboklardagi sport natijalari o'rtasidagi muvofiqlikni nechog'li ushlamoqda? Qaysi jamoalar nisbatan kam xarajat bilan katta natijalarga erishmoqda?

Klublar oldingi 5 mavsum (2020|2021 - 2024|2025)da transferlarga qancha sarflagani va UEFA reytingida necha ochko jamg'arganiga qarab, ma'lum xulosalar chiqarish mumkin. Transferlar xarajati summasini UEFA reyting ochkolari umumiy miqdoriga bo'lsak, 1 ballning taxminiy bahosi kelib chiqadi. Tahlil uchun 5 mavsum davomida evrokuboklarning asosiy bosqichiga kamida 4 marta chiqqan klublarga doir ma'lumotlar olindi. Bunday jamoalar 58ta.

«Yang Boyz» UEFA reytingida eng arzon ochkoga ega: kam xarajat (19,52 mln. evro) katta ochko (34,5) keltiradi. Nisbatan muvaffaqiyatli kamtarona klublar orasida Zagreb «Dinamo»si (xarajat bo'yicha 50-o'rin, UEFA reytingida 36-o'rin) va «Reynjers» (xarajat bo'yicha 46-o'rin, reytingda 25-o'rin) alohida ajralib turadi. Xarajat va reyting ochkolari o'rtasidagi tafovutga nazar tashlasak, Evropada eng yaxshi klub - «Real» (+22 o'rin). «Reynjers»­da bu ko'rsatkich +21ga teng bo'lsa, «Vilyarreal»da +16ni tashkil qilmoqda. Hatto Niderlandiya klublarida ham o'rtadagi tafovut bundan kamroq: «Feyenoord» (+14) va PSV (+12).

Eng qimmat reyting ochkolari «Chelsi»da. London klubi xarajat bo'yicha 1-o'rinda, UEFA reytingida esa atigi 7-qatorda. Xullas, jamoa 1ta reyting ochkosi uchun transferlarga 16 million evrodan ko'proq mablag' sarflagan. «Tottenxem»da ham balans yaxshi emas. «Renn» esa eng yomon tavofut bilan 3-o'rinda (xarajat bo'yicha 11-o'rin, UEFA reytingida 46-o'rin). Deylik, Frantsiya klubi bozorda «Napoli» yoki «Milan»dan ham ko'proq sarf­ladi. E'tiborli tomoni, «Renn» daromad va xarajat o'rtasida ijobiy farqqa ega. «PSJ» bor-yo'g'i 6-o'rinda va jamoa ChLdagi g'alaba bilan o'z xarajatini qopladi.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ