logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bundesliga. "Bavariya" "Frayburg" bilan o'yinda dahshatli kambek amalga oshirdi (Videosharh)

 22 NOYABR, 2025, 22:36

"Bavariya" o'z maydonida Germaniya chempionatining 11-turida "Frayburg"ni mag'lub etdi - 6:2.

Uchrashuvning 17-daqiqasida mehmonlar 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Yuyto Suzuki va Yoan Manzambi o'zini ko'rsatdi. Shundan so'ng mezbonlar 6 ta gol urishdi. Gollarga Lennart Karl, Maykl Olise (dubl), Dayo Upamekano, Xarri Keyn va Nikolas Jekson mualliflik qildi.

"Bavariya" ochkolarini 31taga etkazib, Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Frayburg" 13 ochko bilan 10-pog'onada bormoqda.

Bundesliga. 11-tur
22 noyabr, 19:30. «Allianz Arena»
Bavariya - Frayburg - 6:2
Gollar: Sudzuki, 12 (0:1). Manzambi, 17 (0:2). Karl, 22 (1:2). Olise, 45+2 (2:2). Upamekano, 55 (3:2). Keyn, 60 (4:2). Djekson, 78 (5:2). Olise, 84 (6:2)
Bavariya: Noyer, Upamekano (Kim Min Dje, 77), Ta, Bishof, Stanishich, Goretska (Laymer, 46), Pavlovich (Ito, 83), Olise, Dias, Karl (Djekson, 71), Keyn (Mayk, 83)
Frayburg: Atubolu, Ginter, Rozenfelder (Linxart, 77), Makengo, Troy, Eggeshtayn, Manzambi (Osterage, 64), Sudzuki (Grifo, 77), Sherxant (Dinkchi, 64), Beste, Xeler (Matanovich, 64)
Ogohlantirishlar: Pavlovich, 40

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ