logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jahon kubogi. Final chiptasi uchun kechayotgan o'zbek derbisining ikkinchi partiyasi o'tkazildi

 22 NOYABR, 2025, 17:48

Hindistonning Goa shahrida davom etayotgan shaxmat bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi Jahon kubogida 1/2 finalning ikkinchi partiyasi o'ynaldi.

Ushbu bosqichga ikki grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev va Javohir Sindarov etib kelgan va qizig'i, ular 1/2 finalda bir-birlariga qarshi dona surishyapti. Biroz avval yarim finalning ikkinchi partiyasi yakunlandi. Har ikki shaxmatchimiz ham bexato o'ynagan uchrashuvda yana durang natija qayd etildi. Bugun Sindarov oq donalarda harakat qildi. Endi ertaga hal qiluvchi tay-brek partiyalariga murojaat qilinadi.  

Eslatib o'tamiz, 1/2 finalda g'alaba qozongan shaxmatchilar Jahon toji uchun kechadigan Davogarlar turniri chiptasini qo'lga kiritadi. Yarim finalda yutqazganlar esa o'zaro 3-o'rin uchun bahsda so'nggi yo'llanma taqdirini hal qiladilar. Har qanday holatda ham Davogarlar turniriga aniq bir shaxmatchimiz yo'llanmani qo'lga kiritadi. Ikkinchisida ham oxirigacha imkoniyat saqlanib qoladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ