Buffon Kezani terma jamoaga qaytarishga harakat qilmoqda
22 NOYABR, 2025, 15:18
Sobiq darvozabon Janluidji Buffon 2023 yildan buyon Italiya terma jamoasi delegatsiyasi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirda faxriy "Liverpul"ning 28 yoshli hujumchisi Federiko Kezani terma jamoaga qaytarishga harakat qilmoqda.
Avvalroq, Keza bir necha bor Italiya terma jamoasiga chaqiruvni rad etgan, forvard yangi bosh murabbiy Jennaro Gattuzo qo'l ostida biror marta terma jamoada o'ynamagan. Buffonning aytishicha, Italiya Kezani kutmoqda, terma jamoa barcha eng yaxshi futbolchilarni yig'ishi kerak.
JCh yo'llanmasi uchun o'tish o'yinida Italiya 2026 yilning mart oyida Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Muvaffaqiyat qozonilsa, Uels - Bosniya va Gertsegovina juftligi g'olibi bilan uchrashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi.
