logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APLda yaratilgan vaziyatlar bo'yicha faqat bir futbolchi Grilishdan oldinda

 22 NOYABR, 2025, 15:00

Hujumkor yarim himoyachi Jek Grilish ijara asosida "Manchester Siti"dan "Everton"ga o'tganidan so'ng yana o'zini ko'rsatmoqda.

30 yoshli futbolchi Premer-liganing joriy mavsumida jamoadoshlari uchun 24 ta vaziyat yaratdi - bu ikkinchi ko'rsatkich, deb yozadi WhoScored.

Peshqadamlik "Manchester Yunayted" a'zosi Brunu Fernandeshda qolmoqda - 29ta zarbaga assist. Kuchli uchlikni "Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku (23) yakunlagan bo'lsa, keyingi o'rinlarda Kodi Gakpo, Muhammad Saloh (ikkisi ham "Liverpul") va Fil Foden ("Manchester Siti") - 21tadan vaziyat yaratgan.

Dushanba kuni "Everton" "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ