logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" Pasni kuzatishda davom etmoqda

 22 NOYABR, 2025, 14:54

"Komo" klubi hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas hamon "Real"ning radarlaridan tushmayapti. Bu haqda jurnalist Ekrem Qo'nur xabar bermoqda.

O'tgan yozda "Real" Pasni 8 million evroga qayta sotib olish imkoniyatidan foydalanmagan edi, ammo "qaymoqranglilar" xavbekni 2026 yilda 9 million evroga yoki 2027 yilda 10 million evroga qaytarishi mumkin. Ta'kidlanishicha, agar "Komo" Pasni boshqa klubga sotishga qaror qilsa, "Real" barcha summaning 50 foizini oladi.

Joriy mavsumda 21 yoshli argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ayni paytda Pasning bozor narxi Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 55 mln evroni tashkil qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ