"Real" Saka uchun 150 mln evrogacha xarajat qilishga tayyor
22 NOYABR, 2025, 12:06
Madridning "Real" klubi Angliya terma jamoasi va Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Bukayo Saka bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Fichajes nashri yozmoqda.
Avvalroq, "kanonirlar" futbolchi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma tuzishni rejalashtirayotgani, ammo madridliklarning aralashuvi bu rejalarni buzishi mumkinligi ma'lum bo'lgandi. Manbalarning ta'kidlashicha, "Real" forvard uchun 120-150 mln evro sarflashga tayyor.
Saka butun faoliyati davomida "Arsenal" sharafini himoya qilgan. Bu mavsumda hujumchi 14 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan.
