logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Italiya Devis Kubogidagi 24 yillik rekordni takrorladi

 22 NOYABR, 2025, 10:32

Italiya terma jamoasi tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining finaliga yo'l oldi.

Italiyaliklar ketma-ket uchinchi yil ham ushbu nufuzli musobaqaning finaliga chiqishdi. Bu bilan ular 2001 yilda Avstraliya tomonidan qayd etilgan rekordni takrorlashdi. Avstraliyaliklar 1999-2001 yillar oralig'ida qatorasiga uch yil Devis Kubogining finalida o'ynashgan edi. 

Italiya terma jamoasi 1/2 finalda Belgiyadan ustun keldi. Matteo Berrettini Rafael Kollinonni 6/3, 6/4, Flavio Kobolli esa Ziza Bergsni 6/3, 6/7(5), 7:6(15) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi tay-breykda Kobolli 7 ta matchboldan chiqib ketdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ