Qizlarimiz FIDE Jamoaviy jahon chempionatining 1/4 finalida boshdan baland sakray olishmadi
22 NOYABR, 2025, 10:00
Ispaniyaning Linares shahrida shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasida FIDE Jamoaviy jahon chempionati davom etmoqda.“World Women’s Team Championship 2025” musobaqasida 12 davlat terma jamoalari o'z ishtirokini boshlagan edi. O'zbekiston ayollar terma jamoasi “V” guruhida Gruziya, Xitoy, Hindiston, Franciya va Ukraina jamoalariga qarshi bahs olib bordi.
Gruziya, Xitoy, Hindiston terma jamoalariga imkoniyatni boy bergan shaxmatchi qizlarimiz Franciya va Ukrainadan ustun kelishdi. O'tkazilgan 5 tur yakuniga ko'ra jamoamiz guruhda 4-o'rinni egallab, nokaut bosqichiga yo'llanma olgandi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Afsuski, 1/4 finalda qizlarimiz musobaqa favoritlaridan biri "A" guruhi g'olibi FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan Rossiya terma jamoasiga har ikki uchrashuvda ham 0,5:3,5 hisobida imkoniyatni boy berib, Jamoaviy jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlashdi.
1/4 final natijalari:
1-uchrashuvlar. FIDE (Rossiya) – O'zbekiston 3.5:0.5, AQSH – Xitoy 3:1, Ozarbayjon – Gruziya 2:2, Qozog'iston – Hindiston 3:1.
2-uchrashuvlar. FIDE (Rossiya) – O'zbekiston 3.5:0.5, AQSH – Xitoy 1:3, Ozarbayjon – Gruziya 2.5:1.5, Qozog'iston – Hindiston 1.5:2.5.
Tay-breyk. AQSH – Xitoy 0.5:3.5, Qozog'iston – Hindiston 2,5:1.5.
1/2 final juftliklari. Rossiya – Xitoy, Ozarbayjon – Qozog'iston.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
O'zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi:
Gulruhbegim Tohirjonova 2369
Umida Omonova 2289
Guldona Karimova 2286
Madinabonu Xalilova 2228
Nafisa Mo'minova, terma jamoa menejeri, jamoa rahbari.

Manba: olamsport.com
